O‘zbekistonning xorijdagi bir qator diplomatik missiyalar rahbarlari oliy diplomatik martabalar bilan mukofotlandi

 Mamlakatimiz mustaqilligining 31 yilligi arafasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari bilan qator diplomatik missiyalar rahbarlariga oliy diplomatik martabalar:

O‘zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi elchisi Farxod Arziyev va Turkmanistondagi elchisi Akmaljon Kuchkarovga - Favqulodda va Muxtor Elchi martabasi;

O‘zbekiston Respublikasining Avstriya Respublikasidagi elchisi Abat Fayzullayev, YuNESKOdagi doimiy vakili Umid Shodiyev va Jenevadagi BMT bo‘linmasidagi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasovga - 2-darajali Favqulodda va Muxtor Vakil martabasi berildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий