O‘zbekiston va Yaponiya tashqi ishlar vazirlari o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi

 

2023-yil 26-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovning Yaponiya tashqi ishlar vaziri Yoko Kamikava bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Suhbat chog‘ida O‘zbekiston TIV rahbari Yoko Kamikavani Yaponiya tashqi ishlar vaziri etib tayinlangani bilan tabrikladi.

Vazirlar ikki tomonlama munosabatlarga doir dolzarb masalalarni muhokama qildi. O‘zbekiston-Yaponiya strategik sherikligini yanada mustahkamlash va aniq natijalarga erishish uchun ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari tomonidan barcha zarur sa’y-harakatlarni amalga oshirishga kelishib olindi. Shuningdek, oliy va yuqori darajadagi bo‘lajak uchrashuvlar ham ko‘rib chiqildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий