O‘zbekiston va Xitoy tashqi ishlar vazirliklarimiz o‘rtasida birinchi strategik muloqot o‘tkazildi

 

2023-yilning 21-noyabr kuni O‘zbekiston va Xitoy tashqi siyosat idoralari rahbarlari Baxtiyor Saidov va Van I boshchiligida O‘zbekiston va Xitoy tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida birinchi strategik muloqot o‘tkazildi. Muzokaralar chog‘ida so‘nggi yillarda mustahkam va jadal surʼatlarda rivojlanayotgan O‘zbekiston-Xitoy strategik sherikligi yangi yuksak bosqichga ko‘tarilgani qayd etildi. Siyosatdan iqtisodiyotgacha qator sohalardagi hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi. Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni to‘liq amalga oshirish, iqtisodiy diplomatiyani sezilarli natijalar bilan boyitishga alohida e’tibor qaratildi. Barcha yo‘nalishlarda o‘zaro aloqalarni yanada chuqurlashtirish uchun zarur sa’y-harakatlarni safarbar etishga tayyorlik bildirildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий