O‘zbekiston va Eron TIV rahbarlari uchrashuvi

 

2023-yil 24-yanvar kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov Eron Islom Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Hosayn Amir Abdollahiyan bilan uchrashdi.

Ikki tomonlama shaklda va mintaqaviy institutlar, jumladan, IHT doirasidagi O‘zbekiston-Eron munosabatlarining bugungi holati va ularni yanada rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Bo‘lajak muloqotlar jadvali, ularning tashkiliy va mazmuniy jihatlari, shuningdek, O‘zbekiston va Eron tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasini o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.

Xalqaro va mintaqaviy kun tartibi mavzulariga alohida e’tibor qaratildi.

Savdo, transport va logistika sohalarida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar ko‘rish muhimligi qayd etildi.

Eron Tashqi ishlar vaziri O‘zbekiston tomonini Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga samarali raislik qilgani va IHT Tashqi ishlar vazrilari kengashi yig‘ilishini muvaffaqiyatli o‘tkazgani bilan tabrikladi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий