O‘zbekiston va Belarus TIV rahbarlari Minsk shahrida muzokaralar o‘tkazdi

 

2024-yil 11-aprel kuni Minsk shahriga ilk rasmiy tashrif bilan kelgan O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Belarus Respublikasi tashqi ishlar vaziri Sergey Aleynik bilan tor va keng doirada muzokaralar o‘tkazdi.  
 

Tashqi ishlar vazirlari ikki mamlakat rahbarlari oʻrtasida erishilgan kelishuvlar ijrosini batafsil ko‘rib chiqdilar hamda O‘zbekiston-Belarus aloqalarining barcha yoʻnalishlari boʻyicha fikr almashdilar. Davlatlararo munosabatlar ko‘plab sohalarda ijobiy surʼat namoyon etayotgani mamnuniyat bilan taʼkidlandi. Ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlash hamda iqtisodiy aloqalarni sezilarli darajada kengaytirishga kelishib olindi. 

 

Muzokaralar yakunida O‘zbekiston va Belarus tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2024-2025-yillarga mo‘ljallangan Maslahatlashuvlar dasturi imzolandi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий