O‘zbekiston va BAA tashqi ishlar vazirlari o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi

 

2024-yil 25-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Birlashgan Arab Amirliklari tashqi ishlar vaziri shayx Abdulla bin Zoid Ol Nahayon o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o'tdi. Suhbat chog‘ida ikki tomonlama aloqalarning barcha sohalarda jadal rivojlanib borayotgani qayd etildi. Siyosiy muloqotni mustahkamlash, iqtisodiy va investitsiyaviy sheriklikni kengaytirish, bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali va umumiy kun tartibidagi boshqa dolzarb mavzular muhokama qilindi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий