O‘zbekiston-Turkmaniston sammiti ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish va birodar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini mustahkamlashda muhim bosqich bo‘ladi

 

Turkmaniston Prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlandi.

Kecha davlat rahbarlari "Ko‘ksaroy" qarorgohida samarali muzokaralar o‘tkazib, ularda ko‘p qirrali hamkorlikning ustuvor va istiqbolli yo‘nalishlarini belgilab oldilar. Bugun Samarqandning diqqatga sazovor joylariga tashrif buyurdilar.

Umuman, Serdar Berdimuhamedovning O‘zbekistonga davlat tashrifi kun tartibining kengligi va erishilgan kelishuvlarning ahamiyatiga ko‘ra ikki tomonlama munosabatlarda yangi sahifa ochgan muhim voqea bo‘ldi.

Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni davlatimiz rahbari kuzatib qo‘ydi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий