O‘zbekiston TIV rahbari Xitoy Elchisi bilan uchrashdi

 

2023-yil 14-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Xitoyning O‘zbekistondagi Elchisi Yuy Szyun bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muzokaralar chog‘ida ikki davlat rahbarlari o‘rtasida erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi hamda bo‘lajak oliy va yuqori darajadagi muloqotlar jadvali muhokama qilindi. O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlari istisnosiz barcha sohalarda kengayib borayotgani ta’kidlandi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий