O‘zbekiston TIV rahbari Vengriyaga tashrif buyurdi

 2023-yil 27-28-mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiyasi Vengriyaga tashrif buyurdi.

O‘zbekiston tashqi siyosat idorasi rahbari Vengriya tashqi ishlar va savdo vaziri Peter Siyyarto, iqtisodiy rivojlanish vaziri Marton Nad, “OTP” banki boshqaruvi raisi Shandor Chani, Gedeon Rixter kompaniyasi bosh ijrochi direktori Gabor Orban hamda Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Muzokaralar davomida ikki tomonlama aloqalar va ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi munosabatlar, eng avvalo, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalardagi hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Oliy va yuoqri darajadagi muloqotlar chog‘ida erishilgan kelishuvlarning ijrosi ko‘rib chiqildi. Bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali yuzasidan fikr almashildi.

O‘zbekiston TIV rahbari ikki mamlakatning 60 dan ortiq yetakchi kompaniyalarining 100 ga yaqin vakillari ishtirokida tashkil etilgan biznes-forumning ochilish marosimida qatnashdi.

Delegatsiyamiz Budapesht erkin iqtisodiy zonasida ham bo‘lib, yaratilgan ishbilarmonlik muhiti bilan yaqindan tanishdi.

O‘zbekiston delegatsiyasining Vengriyaga tashrifining eng muhim qismlaridan Budapeshtda O‘zbekiston Elchixonasining ochilishi bo‘ldi. Ochilish marosimida ikki davlat TIV rahbarlari, Vengriya hukumati, jamoatchilik va ishbilarmon doiralari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Vengriya poytaxtida O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonasining ochilishi ikki davlat rahbarlari tomonidan o‘zaro manfaatli sheriklikni kengaytirish bo‘yicha belgilangan vazifalarni sifatli amalga oshirishga hamda umumiy kun tartibini yangi amaliy mazmun bilan boyitishga xizmat qilishi qayd etildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий