O‘zbekiston TIV rahbari Fransiya Prezidenti maslahatchisi bilan uchrashdi

 

2023-yil 3-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi TIV rahbari Baxtiyor Saidov Fransiya Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Izabel Dyumon bilan uchrashdi.

Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2022-yil 21-22-noyabr kunlari Fransiyaga rasmiy tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlar ijrosi ko‘rib chiqildi. Tomonlar O‘zbekiston-Fransiya hamkorligini siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda mustahkamlash masalalari, ta’lim va turizm yo‘nalishlaridagi aloqalarni jadallashtirish bo‘yicha takliflarni muhokama qildilar. Shuningdek, turli daraja va shakllarda bo‘lajak ikki tomonlama muloqotlar jadvali va tashkiliy jihatlari yuzasidan fikr almashildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий