O‘zbekiston TIV Konsullik boshqarmasining axboroti

 O‘zbekistonning Moskvadagi Elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra Kolpino shahrida yuz bergan yong‘in oqibatida halok bo‘lgan 7 nafar O‘zbekiston fuqarolarining jasadlari Sankt-Peterburg hokimiyati idoralari hamda “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi ko‘magida 2017-yilning 17-iyul kuni Urganch shahriga olib kelindi.

Jasadlarning shaxsini tasdiqlash, vafot etganlik to‘g‘risidagi guvohnomalarini rasmiylashtirish jarayonlari yakuniga yetdi va tergov organlaridan jasadlarni transportirovka qilishga ruxsat olindi.

Hozirgi vaqtda yong‘in sabablarini aniqlash bo‘yicha tergov ishlari davom etmoqda.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий