Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Qirgʻiziston Elchisini qabul qildi

 2023-yil 17-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Furqat Sidiqov Qirgʻiziston Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Musa Jamanbayevni qabul qildi.

Suhbat chogʻida doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik tamoyillariga asoslangan Oʻzbekiston-Qirgʻiziston munosabatlarining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Ikki davlat rahbarlarining muloqotlari natijasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi.

Oliy va yuqori darajada rejalashtirilgan tadbirlarning tashkiliy va mazmunli jihatlari koʻrib chiqildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий