O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Ozarbayjonga tashrif buyurdi

 

2023-yil 10-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Ozarbayjon Respublikasiga tashrif buyurdi.

O‘zbekiston TIV rahbari Shusha shahrida bo‘lib o‘tgan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 27-yig‘ilishida ishtirok etdi.

IHTga a’zo mamlakatlar tashqi ishlar vazirlari tuzilmaning o‘tgan yildagi yutuqlarini sarhisob qildilar va kelgusi yil uchun hamkorlikning asosiy ustuvor yo‘nalishlarini belgilab oldilar. Tashkilotning joriy yil noyabr oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Sammitiga tayyorgarlik ko‘rishga alohida e’tibor qaratildi.

Vazir Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Xusrav Noziriy bilan uchrashdi. Tomonlar o‘zaro hamkorlikning bir qator dolzarb masalalarini ko‘rib chiqdilar, IHTning bo‘lajak 16-sammiti kun tartibi va tashkiliy jihatlariga alohida e’tibor qaratdilar.

Baxtiyor Saidov Pokiston tashqi ishlar vaziri Jalil Abbos Jiloniy bilan ham muzokaralar o‘tkazdi. Vazirlar O‘zbekiston-Pokiston strategik sheriklik munosabatlari izchil mustahkamlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar. Ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli aloqalarni boyitishga qaratilgan hamkorlikni yanada kengaytirish yuzasidan fikr almashildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий