O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Saudiya Arabistoni Elchisini qabul qildi

 

2023-yil 5-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Saudiya Arabistoni Podshohligining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Yusuf al-Utaybiy bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va gumanitar sohalarda O‘zbekiston – Saudiya Arabistoni munosabatlarining joriy holati va ularni kengaytirish istiqbollari, xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий