O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Saudiya Arabistoni Elchisi bilan uchrashdi

 2023-yil 7-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Saudiya Arabistoni Podshohligining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Yusuf al-Utaybiyni qabul qildi.

Uchrashuvda oliy va yuqori darajadagi bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali muhokama qilindi. Savdo, investitsiya, turizm, ta’lim sohalarida hamkorlikning mavjud salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ikki mamlakat tadbirkorlik subyektlari o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash muhimligi ta’kidlandi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий