O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari bilan muzokaralar o‘tkazdi

 2023-yilning 11-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin bilan videokonferensaloqa shaklida muzokaralar o‘tkazdi. 

Suhbat chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi, shuningdek, bo‘lajak oliy va yuqori darajadagi tadbirlar jadvali ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 5-7-oktabr kunlari Rossiyaga tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий