O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari kuvaytlik kuzatuvchilarni qabul qildi

 2023-yil 30-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon Aʼloyev umumxalq Referendumini kuzatish uchun mamlakatimizga kelgan Ko‘rfaz davlatlari hamkorlik kengashi Oliy maslahat kengashi aʼzosi, Kuvayt universiteti professori Xeyla Hamad al-Mekeimiyni qabul qildi.

Kuvaytlik xalqaro kuzatuvchi umumxalq ovoz berish jarayoni milliy qonunchilik va xalqaro standartlarga muvofiq yuqori saviyada o‘tayotganini, ayniqsa, O‘zbekiston fuqarolarining Referendumdagi faolligini alohida taʼkidladi.

Uchrashuv davomida tomonlar taʼlim, kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish sohasidagi O‘zbekiston-Kuvayt hamkorligi, qo‘shma madaniy-gumanitar loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий