O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri mamlakatimizdagi arab davlatlari va Isroil diplomatik vakolatxonalari rahbarlarini qabul qildi

 2023-yil 27-oktabr O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov BAA, Jazoir, Iordaniya, Kuvayt, Misr, Qatar, Falastin, Saudiya Arabistoni va Isroilning O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlarini qabul qildi. Boshqa masalalar qatorida G‘azo sektoridagi mavjud vaziyat yuzasidan ham fikr almashildi.  Qayd etilganidek, O‘zbekiston yana bir bor barcha tomonlarni tinch aholi orasida minglab insonlar, jumladan, bolalar qurbon bo‘layotgan qurolli mojaroni to‘xtatishga, yechim topish uchun faqat diplomatik vositalar va xalqaro huquq me’yorlaridan foydalanishga chaqiradi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий