O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Koreya Respublikasi Prezidentining iqtisodiy xavfsizlik masalalari bo‘yicha kotibi bilan uchrashdi

 

2023-yil 12-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Koreya Respublikasi Prezidentining iqtisodiy xavfsizlik masalalari bo‘yicha kotibi Van Yun Chjong bilan uchrashuv o‘tkazdi. Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasida alohida strategik sheriklik munosabatlari tobora rivojlanib borayotgani ta’kidlandi hamda texnologik va investitsiyaviy hamkorlik, "yashil" energetika sohasida qo‘shma loyihalarni ilgari surish va boshqa masalalar bo‘yicha kun tartibi muhokama qilindi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий