O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Buyuk Britaniya parlamenti delegatsiyasini qabul qildi

 

2023-yil 15-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Buyuk Britaniya parlamenti Jamoatlar palatasining Xalqaro munosabatlar qo‘mitasi raisi Alisiya Kyorns boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Tomonlar O‘zbekiston-Buyuk Britaniya siyosiy-diplomatik muloqotini kengaytirish, parlament diplomatiyasini faollashtirish, xalqaro maydonda konstruktiv hamkorlikni davom ettirish yuzasidan fikr almashdilar. Muzokaralarda savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, tovar ayirboshlash hajmini oshirish masalalariga muhim e’tibor qaratildi. Tomonlar madaniy-gumanitar almashinuvlarni kengaytirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar ko‘rishga tayyor ekani tasdiqlandi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий