O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari bilan uchrashdi

 

2023-yilning 13-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi TIV rahbari Baxtiyor Saidov Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Volker Turk bilan uchrashdi.

V.Turk O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan, jumladan, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash, turmush farovonligini oshirishga qaratilgan islohotlarni ijobiy baholadi. Oliy komissarga mamlakatimizda boshlangan konstitutsiyaviy islohotlar haqida so‘nggi ma’lumotlar taqdim etildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston bilan BMT va uning tuzilmalari o‘rtasida inson huquqlari sohasida hamkorlikni yanada faollashtirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий