O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri AQSh Senatining Ichki xavfsizlik va hukumat ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisi bilan uchrashdi

 

2023-yil 25-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov AQSh Senatining Ichki xavfsizlik va hukumat ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Gari Piters bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muzokaralar kun tartibi O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikning bir qator mavzularini qamrab oldi.  

Vazir O‘zbekiston Prezidenti rahbarligida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar dasturini doimiy qo‘llab-quvvatlayotgani uchun Amerikalik hamkorlarga minnatdorlik bildirdi. Senator Gari Pitersning O‘zbekiston tadbirkorlarining Michigan shtati va AQSh biznes vakillari bilan aloqalarini mustahkamlashga tayyorligi yuksak baholandi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий