O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri AQSh Elchisini qabul qildi

 

2023-yil 15-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov AQShning O‘zbekistondagi Elchisi Jonatan Xenikni qabul qildi. Suhbat chog‘ida yakuniga yetib borayotgan yil davomida erishilgan yutuqlar sarhisob qilinib, yaqin istiqboldagi rejalar ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston-AQSh munosabatlaridagi yuqori sur’atni kelasi yilda ham davom ettirish uchun sa’y-harakatlarni safarbar etishga kelishib olindi. Muzokaralar kun tartibi yuqori darajadagi tadbirlar jadvali hamda ayrim global va mintaqaviy mavzularni ham qamrab oldi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий