O‘zbekiston Respublikasining Isroildagi Elchixonasi bayonoti

 O‘zbekistondagi ayrim ommaviy axborot vositalari Isroil-Falastin harbiy to‘qnashuvlar chog‘ida asirga olingan O‘zbekiston fuqarolari haqidagi tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatmoqda.

Sizga shuni ma’lum qilamizki, Elchixonaga Isroil va G‘azo sektoridagi mojaro hududlarida majburan ushlab turilganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari borligi haqida ma’lumot kelib tushmagan.

Hozirda O‘zbekiston fuqarolarini Isroilda ro‘yxatga olish tezlashtirilgan va soddalashtirilgan tartibda amalga oshirilmoqda. Shu munosabat bilan Elchixona Isroilda yashayotgan O‘zbekiston fuqarolariga yana bir bor murojaat qilib,  tezkor aloqa va amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida o‘zlarining istiqomat manzillari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni diplomatik vakolatxonaning elektron manziliga jo‘natishni so‘raydi (yuborish uchun: 
(https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSeADJQTe71cAne3mbBLx53IByFckvrT_Jpnwktm9rOjtoG5Dw/viewform)).
Ma’lumot olishda ishonchli manbalarga tayanishingizni va tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikni so‘raymiz.

Elchixonaning aloqa ma’lumotlari:
03-672-2466
03-672-2371
03-758-5075
03-758-5076
054-4851397

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий