O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2023-yildagi faoliyatiga nazar

 Yakunlanib borayotgan 2023-yil mamlakatimiz tashqi siyosati uchun samarali va sermazmun tadbirlar, uchrashuvlar, muzokaralar hamda tashriflarga boy boʻldi.

I. Xorijdan Oʻzbekistonga 550 dan ziyod, shu jumladan 176 ta yuqori darajadagi delegatsiyalarning tashrifi amalga oshirildi.

Xorijga yuqori darajadagi Oʻzbekiston delegatsiyalarining 220 ta tashrifi, davlat tashkilotlari vakillari, viloyat hokimlari va ularning oʻrinbosarlari darajasida 361 ta xizmat safarini tashkillashtirishga amaliy koʻmak berildi.

II. Koʻp tomonlama diplomatiya sohasida 208 ta tadbirlarda Oʻzbekiston vakillari qatnashdi.

III. 2023-yilda iqtisodiy diplomatiyani rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratildi. Xususan, mazkur yoʻnalishda 4 000 dan ortiq tadbirlar oʻtkazildi. Elchixonalar tomonidan 70 dan ziyod biznes-forumlar tashkil etildi.

77 ta investitsion loyiha doirasida $13 mlrd AQSh dollariga teng sarmoyalar jalb qilishga koʻmaklashildi.

IV. Xalqaro munosabatlarimizning shartnomaviy-huquqiy asosini mustahkamlash yoʻnalishida 242 ta yangi xalqaro bitim imzolandi va 54 ta xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun Oʻzbekiston tomonidan zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari bajarildi.

V. 2023-yilda Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri B.Saidov ishtirokida 350 dan ziyod uchrashuvlar oʻtkazildi, jumladan:

10 tasi davlat va hukumat rahbarlari, vitse prezidentlar bilan;

83 tasi 49 ta mamlakatning tashqi ishlar vazirlari bilan;

29 tasi xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari bilan;

95 tasi xorijiy mamlakatlar va koʻp tomonlama tuzilmalarning yuqori martabali vakillari bilan;

80 dan ortig‘i yirik korporatsiyalar rahbarlari bilan;

50 dan ziyod diplomatik korpus vakillari bilan.

Shuningdek, 29 ta xalqaro va mintaqaviy tadbirlarda ishtirok etildi hamda 160 dan ortiq telefon orqali muloqotlar o‘tkazildi.

Oʻzbekiston Prezidentining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili, vazir oʻrinbosarlari darajasida 210 dan ortiq uchrashuvlar oʻtkazildi.

Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilish boʻyicha 22 ta uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Bir yil davomida jami 30 dan ortiq siyosiy maslahatlashuvlar oʻtkazildi.

Oʻzbekistonning Budapesht, Doha shaharlarida Elchixonalari hamda Oʻsh shahridagi Bosh konsulxonasi faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

2023-yilda mamlakatimizga jami 6 milliondan ziyod xorijiy turist jalb qilindi.

1 100 dan ortiq xorijiy sayyohlarni jalb qilish bo‘yicha uchrashuv va taqdimotlar o‘tkazildi hamda 150 dan ziyod infotur va press-turlar tashkil etildi.

VI. 2023-yilda Tashqi ishlar vazirligi va xorijdagi diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalari tomonidan Oʻzbekiston fuqarolarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, vatandoshlar bilan muloqotni mustahkamlash boʻyicha ham koʻplab ishlar amalga oshirildi. Konsullik-huquqiy faoliyat doirasida:

231 mingdan dan ziyod Oʻzbekiston fuqarolariga konsullik xizmatlari ko‘rsatildi;

8 965 nafar hamyurtimizni chet elda ish bilan taʼminlashga koʻmaklashildi;

- xorijda moddiy jihatdan murakkab vaziyatda qolgan 5 117 nafar fuqaromizga moddiy yordam berildi;

- chetda qiyin vaziyatlarda qolgan 585 nafar fuqaromiz Vatanimizga qaytarildi;

150 nafardan ziyod fuqarolar vaqtincha saqlash muassasalaridan olib chiqildi;

- pasporti ish beruvchilar tomonidan noqonuniy tarzda olib qoʻyilgan 200 nafar fuqarolarimizga shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar qaytarildi;

Jismoniy va yuridik shaxslardan umumiy hisobda 134 mingdan ziyod murojaat kelib tushgan.

Ulardan 15 300 tasi Vazirlik Konsullik-huquqiy departamentiga, 119 mingdan ortigʻi chet eldagi vakolatxonalarimizga yuborilgan.

2023-yil davomida 146 ming dan ziyod chet el fuqarolariga Oʻzbekistonga kirish vizalari rasmiylashtirilgan, shundan 91 mingdan ortigʻi elektron tarzda berilgan.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий