Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabari

 Oʻzbekiston Respublikasining Qozogʻiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari maʼlumotlariga koʻra, ushbu mamlakatning barcha hududlarida noqulay ob-havo kuzatilayotgani bois avtotrassalarda kuchli sovuq tufayli qiyin vaziyatga tushib qolayotgan fuqarolardan murojaatlar tez-tez kelib tushmoqda.

Diplomatik vakolatxonalarimiz Qozogʻiston Respublikasidagi vatandoshlarimiz hamda ushbu mamlakat tegishli idoralari bilan doimiy aloqada boʻlib turibdi. Fuqarolarga zarur konsullik, huquqiy va amaliy yordam koʻrsatilmoqda.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Oʻzbekiston fuqarolariga ob-havo sharoiti barqarorlashgunga qadar Qozogʻiston hududi boʻylab avtotransport vositalari va avtobus qatnovi orqali harakatlanishdan voz kechishlarini tavsiya qilamiz.

Qozogʻistonda boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolari Ostona shahridagi mamlakatimiz Elchixonasiga (+717 2954252), Olma-ota (+7273902616) va Aktau (+77292777117) shaharlaridagi Bosh konsulxonalariga murojaat qilishlari mumkin.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий