O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bayonoti

 Afg‘onistonning Hirot shahridagi "Guzargoh" masjidida 2022-yil 2-sentabr kuni juma namozi paytida sodir etilgan hamda tinch aholi orasida ko'plab insonlarning qurbon bo‘lishi va jarohatlanishiga sabab bo'lgan terrorchilik harakatini qat'iy qoralaymiz. 

Bu kabi qabih harakatlar Afg'onistondagi vaziyatning  keskinlashishiga olib kelishi barobarida, mamlakatda uzoq muddatli va barqaror tinchlik hamda milliy totuvlikning o'rnatilishiga to'sqinlik qiladi.

Halok bo’lganlarining oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirib, jabrlanganlarning sog’ayib ketishini tilaymiz.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий