O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz

 Telefon: (+99871) 233-37-01

Elektron pochta: tmarkaz@academy.uz, uzconhistory@gmail.com, engyangitarix@mail.ru

Toshkent sh., Shahrisabz 1-tor ko‘chasi, 5 uy, 8-qavat

 

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz O‘zbekistonning eng yangi tarixini tadqiq etish va o‘qitish samaradorligini, mazkur sohada ilmiy, o‘quv-metodik adabiyotlar, ma’naviy-ma’rifiy ishlar sifatini oshirishga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan hamda jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi idoralararo ilmiy-muvofiqlashtirish va maslahat organi maqomidagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha Jamoatchilik kengashining ishchi organi hisoblanadi.

Markazning asosiy faoliyat yo‘nalishlari:

- O‘zbekistonning eng yangi tarixini zamonaviy nazariy-metodologik, fanlararo yondashuvlarga asoslangan holda tizimli o‘rganishni tashkil etish;

- O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganishning nazariy-metodologik asoslarini takomillashtirish yuzasidan tadqiqotlar olib borish;

- O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganish bo‘yicha dolzarb masalalarni ishlab chiqishni tashkillashtirish;

- fuqarolarda tarixiy xotira, milliy o‘zlikni anglash, yuksak ma’naviyat, xalќning tarixiy an’analari, madaniy merosiga hurmat kabi fazilatlarni shakllantirishga ko‘maklashish;

- O‘zbekiston tarixi bo‘yicha zamonaviy chet el ilmiy adabiyotlarini o‘rganish;

- hozirgi O‘zbekistonning tarixiy o‘tmishi, sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlanishi to‘g‘risidagi xolis axborotni keng xalqaro jamoatchilikka yetkazish;

- davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida O‘zbekistonning eng yangi tarixi tadqiqotlari bo‘yicha ilmiy-texnika loyihalari tanlovlarini vazifalari ro‘yxatiga kiritish uchun takliflar ishlab chiqish;

- O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha o‘quv, o‘quv-metodik adabiyotlar yaratish yuzasidan tanlovlar o‘tkazishda ishtirok etish.

Markaz o‘z faoliyati doirasida xorijiy mamlakatlarning ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va xalqaro jamg‘armalar bilan hamkorlik qiladi, «O‘zbekiston eng yangi tarixining dolzarb masalalari» jurnalini nashr qiladi.

Markaz O‘zbekistonning eng yangi tarixining dolzarb masalalari bo‘yicha xalqaro va respublika konferensiyalari, seminarlarni tashkil qiladi hamda o‘tkazadi, o‘quv, ilmiy-metodik adabiyotlar chop etadi.

Markazda Tarix bo‘yicha ma’naviy-ma’rifiy va o‘quv-metodik adabiyotlarni ekspertizadan o‘tkazish; Ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish va o‘quv, ilmiy-metodik adabiyotlarni tayyorlash; O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha xorijiy tadqiqotlar monitoringi va tahlili bo‘limlari faoliyat yuritadi.

Markazga tarix fanlari doktori, professor M.A.Raximov rahbarlik qilmoqda. Markazda tarix fanlari nomzodi, dotsent S.A.Pulatova, tarix fanlari nomzodi B.B.Aminov, tarix fanlari nomzodi I.M.Shamsiyeva, katta ilmiy xodimlar A.T.Zamonov, K.K.Sagdullayev, P.A.Kurbanmamadov faoliyat yuritmoqda. Shuningdek Markazda o‘rindoshlik asosida tarix fanlari nomzodi, dotsent X.A.Buriyeva, kichik ilmiy xodim Sh.E.Ziyoyev ham ishlaydi.

Markaz direktori, prof. M.A.Raximovning muharrirligida ingliz tilida «Markaziy Osiyo: masalalar, muammolar va istiqbol» (Germaniya, 2015) va «Sharqiy va Markaziy Osiyoning tarixiy aloqalari» (Hindiston, 2015) monografiyalari nashr qilingan. Markaz xodimlari «Tarixiy jarayonlar kontekstida O‘zbekiston jamiyatida stratifikatsion jarayonlar» (2014), «O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlarining jahonning yetakchi mamlakatlari bilan hamkorligi» (2016) monografiyalari muallifi hisoblanishadi.

Shuningdek Markaz xodimlari ishtirokida qator o‘quv adabiyotlari tayyorlandi va chop qilindi: 10-sinf o‘quvchilar uchun «O‘zbekiston tarixi», «Jahon tarixi» (7 tilda), «O‘zbekistonning eng yangi tarixi» o‘quv-uslubiy qo‘llanmasi, 6-9 sinf o‘quvchilar uchun «O‘zbekiston tarixi» predmetidan xrestomatiya-o‘quv qo‘llanmalar, og‘zaki tarix bo‘yicha «Tarixiy xotira va mustaqillik» to‘plami.

Markaz faoliyati haqidagi batafsil ma’lumotni uning saytida tanishish mumkin: www.tmarkaz.uz.

 

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий