O‘zbekiston-Qirg‘iziston Davlat chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha ishchi guruhlarning uchrashuvi to‘g‘risida

 2022-yilning 12-18-fevral kunlari Farg‘ona shahrida O‘zbekiston-Qirg‘iziston Davlat chegarasini demarkatsiya qilishning tashkiliy-huquqiy masalalarini kelishish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi hukumatlari delegatsiyalari ishchi guruhlarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar O‘zbekiston-Qirg‘iziston Davlat chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha ishlarni tartibga soluvchi huquqiy va texnik hujjatlar loyihalarini kelgusida tasdiqlash uchun tayyorladilar hamda ayrim chegara uchastkalarida dala o‘rganishlar jadvalini kelishib oldilar.

Uchrashuv do‘stlik va o‘zaro hamjihatlik muhitida o‘tdi.

Tadbir yakunlari bo‘yicha tegishli Bayonnoma imzolandi.

Navbatdagi uchrashuv Qirg‘izRespublikasi hududida bo‘lib o‘tadi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий