O‘zbekiston-Ozarbayjon hamkorligini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

 

2023-yil 5-iyul kuni Boku shahrida bo‘lib o‘tgan Qo‘shilmaslik harakati Muvofiqlashtiruvchi byurosining vazirlar yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Tashqi ishlar idoralari rahbarlari O‘zbekiston-Ozarbayjon strategik sherikligini mustahkamlash yo‘llarini muhokama qildilar.

Tomonlar O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlarining sa’y-harakatlari natijasida ikki tomonlama hamkorlik iqtisodiyotdan tortib xalq diplomatiyasigacha bo‘lgan barcha sohalarda jadal rivojlanayotganini alohida ta’kidladilar.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий