O‘zbekiston Elchisi Gretsiya Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

 2022-yil 19-iyul kuni Afina shahrida O‘zbekiston Respublikasining Gretsiya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Rim shahrida) Otabek Akbarov tomonidan Gretsiya Prezidenti Katerina Sakellaropulouga ishonch yorliqlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir doirasida O‘zbekiston Elchisi va Gretsiya Prezidenti K.Sakelaropulouning qisqa suhbati bo‘lib o‘tdi. Gretsiya Prezidenti Elchini lavozimga tayinlangani bilan tabriklab, ushbu tayinlov O‘zbekiston bilan munosabatlarni faollashtirish va yanada rivojlantirishga xizmat qilishiga umid bildirdi.

Ikki tomonlama siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston va Gretsiya shaharlari o‘rtasida qardosh shahar munosabatlarini o‘rnatish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий