O‘zbekiston delegatsiyasi Kampala shahrida ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazdi

 Kampala shahrida (Uganda) bo‘lib o‘tayotgan Qo‘shilmaslik harakatining 19-sammiti doirasida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev boshchiligidagi delegatsiya Bahrayn Podshohligi tashqi ishlar vaziri Abdullatif bin Rashid Al-Zayoniy, Tunis Respublikasi tashqi ishlar vaziri Nabil Ammor, Saudiya Arabistoni Podshohligi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Valid bin Abdulkarim al-Harijiy, O‘mon Sultonligi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Xalifa bin Ali Al-Harsiy va Quvayt Davlati Amirining maxsus vakili Tariq Al-Banai bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazdi.

Muzokaralarda O‘zbekiston bilan ushbu davlatlar o‘rtasidagi siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va ularni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Turli daraja va shakllarda bo‘lajak qo‘shma tadbirlar va tashriflar jadvali yuzasidan fikr almashildi.

Tashqi siyosat idoralari o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish, iqtisodiy diplomatiyani jadal ilgari surish, mintaqalararo hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий