Ozarbayjon Elchisi bilan uchrashuv to'g'risida

 2023-yil 8-fevral kuni O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Bahromjon A'loyev Ozarbayjon Respublikasining mamlakatimizdagi Elchisi Guseyn Guliyev bilan uchrashuv o’tkazdi.

Muloqotda iIkki va ko'p tomonlama shakldagi uchrashuvlar jadvali ko'rib chiqildi.

Mamlakatlarimiz o'rtasidagi savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar aloqalarni yanada rivojlantirish, shuningdek, mintaqaviy tuzilmalar - MDH, TDT va IHT doirasidagi hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Rejalashtirilgan tadbirlarni yuqori darajada o'tkazish bo'yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishga kelishib oldilar.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий