O‘mon Savdo, sanoat va investsiyalarni targ‘ib qilish vaziri bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 

Joriy yilning 21-sentabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Furqat Sidikov O‘mon Savdo, sanoat va investitsiyalarni targ‘ib qilish vaziri Qays bin Muhammad al-Yusuf bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Ikki davlat vakillari savdo-iqtisodiy, investitsion hamkorlikni rivojlantirish bugungi kunning muhim mavzusi ekanligini taʼkidladilar.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston va O‘mon o‘rtasida ekspertlardan iborat ishchi guruh tuzish va tomonlar qiziqishlariga birdek javob bera oladigan loyihalarni birgalikda ishlab chiqish muvofiqlashtirish yuzasidan kelishuvga erishdilar.

Shuningdek, tomonlar O‘mon biznes vakillarining O‘zbekistonga tashrifini amalga oshirishga kelishib oldilar.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий