Misr Elchisi bilan uchrashuv

 

2023-yil 8-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Furqat Sidiqov Misrning mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Amira Fahmiyni qabul qildi.
Uchrashuvda tomonlar savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati hamda yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.
Boʻlajak turli darajadagi qoʻshma tadbirlar jadvali yuzasidan fikr almashildi.
Muloqotda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham koʻrib chiqildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий