Minsk shahrida MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

 

2024-yil 12-aprel kuni Minsk shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston, Armaniston, Belarus, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston va Turkmaniston TIV delegatsiyalari ishtirok etdi.

Vazirlar xalqaro va mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari hamda MDH doirasidagi hamkorlik yuzasidan fikr almashdilar. Shuningdek, siyosat, ta’lim, sport, kadrlar salohiyatini oshirish va boshqa sohalardagi aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan qator hujjatlar imzolandi.  

Tashqi siyosat idoralari rahbarlari tomonidan bir ovozdan Ozarbayjonning Ganja va Qozog‘istonning Olmaota shaharlarini mos ravishda 2025 va 2026-yillar uchun MDHning sport poytaxtlari deb e’lon qilish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий