Koreya Respublikasining mamlakatimizdagi Elchisi o‘z missiyasini yakunladi

 

2024-yil 14-mart kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Koreya Respublikasining mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Elchisi Kim Xi-sang bilan uchrashdi. Vazir Tashqi ishlar vazirligi nomidan Elchiga mamlakatimizda bo‘lgan davrida O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi alohida strategik sheriklikni boyitishga qaratilgan fidokorona xizmati uchun minnatdorlik bildirdi hamda diplomatning kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий