Koreya Respublikasi tashqi ishlar vaziri o'rinbosari bilan uchrashuv

 

2022-yil 12-iyul kuni O’zbekiston Resbublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov mamlakatimizga tashrif bilan kelgan Koreya Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Yo Sin Pe bilan uchrashdi.

Tomonlar keng ko'lamli O'zbekiston -  Janubiy Koreya hamkorligining ikki tomonlama masalalari, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashdilar.

Siyosiy, iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi muloqotning yuqori suratlarda o’sib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etilib, bu mamlakatlarimiz o'rtasidagi alohida strategik sheriklikni yanada rivojlantirish va kengaytirishdan har ikki tomonning manfaatdor ekanligidan dalolat beradi 

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2021-yil dekabr oyida Koreya Respublikasiga amalga oshirgani davlat tashrifi yakunlari bo'yicha erishilgan oliy darajadagi kelishuvlarni kompleks tarzda hayotga tadbiq etishning muhimligi e'tirof etildi.

Kelgusi ikki va ko'p tomonlama uchrashuvlar jadvali, shu jumladan, joriy yili nishonlanayotgan O'zbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi o'rtasida diplomatik aloqalar o’rnatilganining 30 yilligini doirasida o’tkaziladigan tadbirlar yuzasidan kelishib olindi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий