Koreya Respublikasi Elchisi bilan uchrashuv toʻgʻrisida

 2023-yil 12-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Furqat Sidiqov Koreya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Kim Xi Sangni qabul qildi.

Muzokaralar chogʻida 2023-yilda siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda rejalashtirilgan qoʻshma tadbirlar jadvali va kun tartibi koʻrib chiqildi.

Delegatsiyalar almashinuvi orqali ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikning faol surʼatini saqlab qolish boʻyicha kelishuvga erishildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий