Kanada-Yevroosiyo savdo palatasi raisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 

2024-yilning 2-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov Kanada-Yevrosiyo savdo palatasi raisi Jil Breton bilan videokonferensaloqa shaklida uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot chog’ida Kanadaning yetakchi kompaniyalarini O‘zbekistonda investitsiya loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etishga jalb etish istiqbollari muhokama qilindi. J.Breton O‘zbekiston tomoniga ikki mamlakat biznes doiralari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyati va sarmoyaviy muhiti to‘g‘risida kanadalik ishbilarmonlarni xabardor etish bo‘yicha tadbirlar tashkil etishda ko‘maklashishga tayyorligini bildirdi.

Kanada-Yevrosiyo savdo palatasi MDH mamlakatlarida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi 100 dan ortiq Kanada kompaniyasi va korxonalarini birlashtiradi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий