Iordaniya Tashqi ishlar vaziriga maktub

 Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Tashqi ishlar va muhojirlar masalalari bo’yicha vaziri

Ayman as-Safadi Janobi Oliylariga

 

Janobi Oliylari,

O‘zbekiston Respublikasi va Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganiga 25 yil to‘lishi munosabati bilan Siz Janobi Oliylarini samimiy qutlashdan behad mamnunman.

O‘zaro ishonch, hurmat va teng huquqlilik tamoyillariga asoslangan o‘zbek-iordaniya munosabatlari o‘tgan qisqa vaqt - 25 yil mobaynida o‘zining yuqori pog‘onalariga ko‘tarildi.

O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasidagi uzoq muddatli va keng qamrovli sherikligimiz birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz orqali bundan keyin ham xalqlarimiz manfaatlari yo‘lida sezilarli kengayib, chuqurlashib borishiga ishonaman”.

Fursatdan foydalanib, Siz Janobi Oliylariga sog‘lik-salomatlik,: baxt-saodat va yangi zafarlar, do‘st Iordaniya xalqiga esa barqarorlik, tinchlik-osoyishtalik va davomiy taraqqiyot tilab qolaman.

Ehtirom ila,

Abdulaziz Kamilov,

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri

 

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий