Iordaniya Elchisi bilan uchrashuv

 

2023-yil 3-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov Iordaniya Hoshimiylar Podshohligining Favqulodda va Muxtor Elchisi Demiya Zuhayr Haddodni qabul qildi.

Suhbat avvalida Oʻzbekiston Respublikasi va Iordaniya Podshohligi oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilganining 30 yilligi munosabati bilan (1993-yil 15-fevral) bir-birlarini tabrikladilar.

Siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari koʻrib chiqiladi.

Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Qoʻshma tadbirlarning tashkiliy jihatlari va muddatlari, xususan, vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi muhokama qilindi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий