Hindiston tashqi ishlar vaziri bilan telefon orqali muloqot to‘g‘risida

 2023-yil 21-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi TIV rahbari Baxtiyor Saidovning Hindiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy hamkorlik, madaniy-gumanitar almashinuvlarni yanada faollashtirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar ko‘rishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar. Tashqi ishlar idoralari rahbarlari ikki tomonlama shaklda va “Hindiston – Markaziy Osiyo” muloqoti doirasidagi rejalashtirilgan tadbirlarga tayyorgarlik yuzasidan fikr almashdilar.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий