Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qo‘mitasi ijrochi direktori bilan uchrashuv

 2022-yil 6-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov O‘zbekiston-Germaniya ishbilarmonlar Kengashi yig‘ilishida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qo‘mitasi ijrochi direktori Mixael Harms boshchiligidagi Germaniya ishbilarmon doiralari vakillaridan iborat delegatsiyani qabul qildi. 

M.Harms O‘zbekiston rahbariyati tomonidan amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlari, davlat va jamiyatning butun hayotida ro‘y berayotgan ijobiy o‘zgarishlarning poydevori bo‘lib xizmat qilishini ta’kidladi.

Germaniya ishbilarmon doiralari keyingi yillarda O‘zbekistonga ulkan investitsion va eksport salohiyatiga ega davlat sifatida qarab, mamlakatimiz bilan aloqalarni yanada rivojlantirishga bo’lgan qiziqishi ortib borayotganini alohida ta’kidlandi. Shu bois O‘zbekiston-Germaniya ishbilarmonlar Kengashi yig‘ilishida ishtirok etayotgan Germaniya delegatsiyasi tarkibidan 120 dan ortiq yirik kompaniya va xo‘jalik birlashmalari vakillari o‘rin oldi. 

Energetika, mashinasozlik, foydali qazilmalarni qayta ishlash va to‘qimachilik kabi sohalarda qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ko‘rish muhimligi qayd etildi.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi O‘zbekiston-Germaniya hamkorligining istiqbolli yo‘nalishi sifatida belgilandi. Yevropa davlatlarida O‘zbekistonning IT sohasidagi imkoniyatlari taqdimotlarini “road show” ko‘rinishida tashkil etish masalasini o‘rganish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

O‘zbekistonda kasb-hunar ta’limi tizimini rivojlantirishga Germaniya kompaniyalari va mutaxassislarini jalb etishga alohida e’tibor qaratildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий