Germaniya Elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida

 

2023-yil 16-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov Germaniya Federativ Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Tilo Klinner bilan uchrashdi. Tomonlar O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi hamkorlikning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqdilar. Turli daraja va shakllarda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan tadbirlar jadvali va tashkiliy jihatlariga alohida e’tibor qaratildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий