Dohada O‘zbekiston Respublikasi Elchixonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

 

2023-yil 11-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Dohada O‘zbekiston Respublikasi Elchixonasining ochilish marosimida ishtirok etdi.

 Tadbirda ikki davlat rahbarlari sa'y-harakatlari natijasida ikki tomonlama munosabatlar misli ko‘rilmagan darajada rivojlanayotgani qayd etildi. Joriy yil may oyida Toshkentda Qatar Davlati diplomatik vakolatxonasi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan edi. Shubhasiz, ushbu elchixonalar aloqalarimizni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий