Buyuk Britaniyaning Afg‘onistondagi Muvaqqat ishlar vakili bilan uchrashuv

 2023-yilning 14-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev va Buyuk Britaniyaning Afg‘onistondagi Muvaqqat ishlar vakili Robert Chatterton Dikson o‘rtasida videokonferensaloqa shaklida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Suhbat chog‘ida Afg‘onistondagi joriy vaziyat, shuningdek, O‘zbekiston va Buyuk Britaniyaning ushbu mamlakatga gumanitar va boshqa turdagi yordamlar ko‘rsatish borasidagi sa’y-harakatlari muhokama qilindi.

R.Dikson O‘zbekistonning Afg‘onistonda uzoq muddatli va barqaror tinchlik o‘rnatish, mamlakatda turli infratuzilma loyihalarini amalga oshirishdagi muhim o‘rnini ta’kidladi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий