BMTning Tamaddunlar ittifoqi bo'yicha yuqori vakili bilan uchrashuv to'g'risida

 

O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Nyu-York shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Tamaddunlar ittifoqi (United Nations Alliance of Civilizations) bo'yicha yuqori vakili Migel Anxel Moratinos bilan uchrashuv o'tkazdi.

Tamaddunlar ittifoqi 2005-yili turli madaniyat va dinlarga mansub mamlakatlar va xalqlar o'rtasidagi o'zaro anglashuv va hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash, shuningdek, jamiyatning qutblanishini va ekstremistik kayfiyatlarni keskinlashtiradigan kuchlarga qarshi kurashishda yordam berish maqsadida tashkil etilgan xalqaro tashkilotdir.

V. Norov O'zbekiston Tamaddunlar ittifoqi faoliyati va ushbu tuzilma bilan hamkorlikka muhim ahamiyat berib, uning maqsad va vazifalarini qo'llab-quvvatlashini ma’lum qildi.

A.Moratinos e’tiboriga mamlakatimizda hayotning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar to'g'risida ma’lumotlar havola etildi. Xususan, bag'rikenglik va insonparvarlik madaniyatini rivojlantirish, millatlararo va fuqarolik o'zaro anglashuvi va totuvlikni mustahkamlash, shu asosda yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash Yangi O'zbekiston davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri ekanligi ta'kidlandi.  

Anxel Moratinos bugungi kunda O'zbekiston zaminida 130 dan ortiq millat va elat vakillari tinchlik va totuvlik muhitida yashab, 137 ta milliy madaniyat markazlari va 16 ta mazhabdagi diniy tashkilotlar faoliyat yuritayotganini yuksak baholadi. O'zbekiston fuqarolarining millati, tili va dinidan qat'i nazar, tengligi konstitutsiyaviy darajada mustahkamlangani e’tirof etildi. Ularga o’z etnik madaniyati, urf-odat va  an’analarini asrash va har tomonlama rivojlantirish, diniy marosimlarni amalga oshirishlari uchun qulay sharoitlar yaratilgani ta’kidlandi.

Qayd etilganidek, 2018-yili BMT Bosh Assambleyasining "Ma'rifat va diniy bag'rikenglik" maxsus rezolyutsiyasi bir ovozdan ma'qullangani O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatda dinlararo muloqotni rag'batlantirish va mustahkamlash sohasidagi siyosati xalqaro hamjamiyat tomonidan to'la qo'llab-quvvatlanayotganidan dalolat beradi. 

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий