BMT Xavfsizlik kengashi a’zolarining tadbiri

 2018-yilning 18-yanvar kuni amaliy tashrif bilan AQShda bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Nyu-York shahridagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining bosh qarorgohida bo‘lib o‘tgan BMT Xavfsizlik kengashi a’zolarining oliy darajadagi “Ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatmaslik: ishonch choralari” mavzusidagi tadbirda ishtirok etdi.

Qozog‘iston raisligi doirasida o‘tkazilgan BMT Xavfsizlik kengashining tadbirida Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Xavfsizlik kengashiga a’zo davlatlar delegatsiyalari rahbarlari nutq so‘zladi.

 

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий