Bishkekka amaliy tashrif yakunlandi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi sammitida ishtirok etish uchun Bishkek shahriga amaliy tashrifi yakunlandi. Davlatimiz rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.

“Manas” xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Qirg‘iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi - Prezident Administratsiyasi rahbari Aqilbek Japarov va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi.

O‘zbekiston Prezidenti bugun MDH Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi hamda Hamdo‘stlik doirasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi.

Do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun O‘zbekiston yetakchisiga tashkilotning oliy mukofoti – MDH Faxriy nishoni topshirildi.

Sammit doirasida Prezidentimiz Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий